Google xizmatlaridagi maxfiyligingiz haqida bilib olmoqchimisiz?
Kerakli axborotni shu yerdan topasiz! Google mahsulotlaridan foydalanishda ota-ona qanday yordam berishi, Google kompaniyasi foydalanuvchining qaysi axborotlaridan foydalanishi va boshqa tegishli masalalarga oid savol-javoblarni ko‘zdan kechiring.
Ota-onalar diqqatiga! Bu axborot 13 yoshdan kichik (yoki mamlakatingizda belgilangan muayyan yoshdagi) bolalarning Family Link orqali boshqariladigan Google hisoblariga tegishlidir. Batafsil axborot olish uchun Maxfiylik eslatmasi va Maxfiylik siyosati sahifalariga tashrif buyuring.
Hisobimni kim boshqaradi?
Google hisobingizni ota-onangiz boshqaradi. Uni boshqarishda Family Link ilovasi ishlatiladi. Muayyan yoshga to‘lganingizdan keyin hisobingizni mustaqil boshqarishingiz mumkin.
Ota-onangiz quyidagi amallarni bajara oladi:
- Hisobingizga kirish, uni o‘chirish yoki parolini o‘zgartirish.
- Telefon yoki planshetingiz ekranini qulflash.
- Telefon yoki planshetingiz joylashuvini aniqlash.
- Siz uchun mos ilovalarni tanlash.
- Ilovalarga qancha vaqt sarflayotganingizni kuzatish.
- Google Qidiruv, YouTube yoki Google Play kabi ayrim Google ilovalarida chiqadigan kontentni siz uchun moslash.
- Harakatlarni kuzatish sozlamalarini o‘zgartirish. (Bunda, Google xizmatlaridagi harakatlaringizga oid axborot saqlab boriladi.)
- Ilovalaringiz sozlamalari va ilovalar uchun ruxsatlarni o‘zgartirish.
- Hisobingizga ismingiz, tavallud kuningiz va boshqa ma’lumotlarni kiritish.
- Google Play kabi Google xizmatlaridan qaysi kontentni yuklab olishingiz yoki xarid qilishingizni belgilash.
Google kompaniyasi maʼlumotlarimni qanday va nima maqsadda ishlatadi?
Google ismingiz yoki tavallud kuningiz kabi siz yoki ota-onangiz taqdim etgan axborotlarni saqlab olishi mumkin. Google ilovalari va saytlaridan foydalanilganda, foydalanuvchi harakatlariga oid axborotlar ham to‘planib boriladi. Bu axborotlarning xavfsizligini to‘liq ta’minlash uchun barcha choralar ko‘riladi. Ular Google ilovalari va saytlarini yanada foydaliroq qilish maqsadida ishlatiladi.
Axborotlaringiz qaysi maqsadlarda ishlatilishi haqida ota-onangiz bilan birga o‘rganing. Ular quyidagi maqsadlarda ham ishlatiladi:
- Google ilovalari va saytlar unumdorligini oshirish. Masalan, Google Qidiruv orqali “kuchuklar” so‘zi qidirilsa, foydalanuvchi axborotlari asosida unga kuchuklarga oid kontent namoyish etiladi.
- Google ilovalari va saytlarini yaxshilash. Nosozlik aniqlanganda, uni tuzatish uchun taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi.
- Google kompaniyasi, Google foydalanuvchilari va boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash. Foydalanuvchi axborotlaridan internet foydalanuvchilari xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
- Yangi ilovalar va saytlar yaratish. Yangi mahsulot va xizmatlar yaratish uchun foydalanuvchilarning Google ilovalari va saytlaridan foydalanish tajribalari o‘rganiladi.
- Siz uchun qiziqarli kontentni namoyish etish. Masalan, YouTube Kids xizmatida hayvonlar haqidagi videolarni tomosha qilib borsangiz, sizga shu mavzuda yana videolar taklif etiladi.
- Reklamalar namoyish etish. Siz kuzatib boradigan saytlarga asoslanib, sizga mos kontent taklif etiladi.
- Muloqot qilish. Masalan, foydalanuvchi bilan aloqaga chiqish uchun uning email manziliga xabar yuboriladi. Sizga notanish foydalanuvchidan email kelsa, uni ochishdan oldin ota-onangiz bilan maslahatlashing.
Google qaysi maʼlumotlarimni to‘plashini boshqara olamanmi?
Internetdagi ayrim faoliyatingizga oid axborotlar to‘planishini cheklash uchun tegishli sozlamalarni faolsizlantirishingiz mumkin. Harakatlarni kuzatish kabi maxfiylik sozlamalariga o‘zgartirish kiritsangiz, ota-onangiz shu haqda darhol xabardor qilinadi. Ota-onangiz ayrim sozlamalarni o‘zgartirishga yordam berishi mumkin.
Shaxsiy va Google hisobingizga oid ayrim axborotlarni istalgan vaqtda ota-onangiz bilan birga tekshirib chiqishingiz va o‘zgartirishingiz mumkin.
Google kompaniyasi shaxsiy maʼlumotlarimni begonalarga ulashishi mumkinmi?
Google kompaniyasi ismingiz kabi shaxsiy axborotlaringizni faqat muayyan sabablarga ko‘ra begonalarga uzatishi mumkin. Shaxsiy axborotlaringizni uzatishda, Google ularning xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi.
Shaxsiy axborotlaringiz quyidagi shaxslarga va maqsadlarda uzatilishi mumkin:
- Ota-onangiz yoki Google oilaviy guruhingiz a’zolari
- Googlening hamkor kompaniyalari
- Ota-onangiz ruxsati asosida
- Qonun talablarini bajarish maqsadida
Internetga ulashgan kontentimni kim ko‘ra oladi?
Email yoki surat kabi kontent internetga joylansa, uni ko‘plab odamlar ko‘rishi mumkinligini unutmang. Shu sababli, har qanday shaxsiy kontentni faqat ishonchli shaxslarga ulashishingiz mumkin. Bu haqda yordam olish uchun ota-onangiz yoki oilangiz a’zosiga murojaat qiling.
Batafsil bilishni istaysizmi? Ota-onangizdan Google maxfiylik siyosati shartlarini sizga tushuntirib berishini so‘rang.
Google xizmatlaridagi maxfiyligingiz haqida bilib olmoqchimisiz?
Kerakli axborotni shu yerdan topasiz! Google ilovalari va saytlaridan foydalanilganda, Google foydalanuvchining qaysi axborotlarini to‘plashi va undan nima maqsadda foydalanishi haqida shu yerdan bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ota-onangiz Google hisobingiz va qurilmangizni boshqarishingizda qanday yordam bera olishi haqida ma’lumot olasiz.
Ota-onalar diqqatiga! Bu axborot 13 yoshdan kichik (yoki mamlakatingizda belgilangan muayyan yoshdagi) bolalarning Family Link orqali boshqariladigan Google hisoblariga tegishlidir. Batafsil axborot olish uchun Maxfiylik eslatmasi va Maxfiylik siyosati sahifalariga tashrif buyuring.
Hisobimni kim boshqaradi?
Hozirda Google hisobingizni ota-onangiz boshqarmoqda. Shaxsiy hisobingizni mustaqil boshqarish uchun muayyan yoshga to‘lguningizgacha, uni ota-onangiz Family Link ilovasi orqali boshqarib boradi.
Ota-onangiz quyidagi amallarni bajara oladi:
- Hisobingizga kirish, uni o‘chirish yoki parolini o‘zgartirish.
- Telefon yoki planshet kabi qurilmangizdan qaysi payt va qancha vaqt foydalana olishingizni belgilash.
- Telefon yoki planshetingiz joylashuvini aniqlash.
- Siz uchun mos ilovalarni tanlash.
- Ilovalarga qancha vaqt sarflayotganingizni kuzatish.
- Google Qidiruv, YouTube yoki Google Play kabi ayrim Google ilovalari va saytlaridagi kontent sozlamalarini o‘zgartirish. Bunda, sizga namoyish etiladigan kontent filtrlanadi.
- YouTube tarixi kabi hisobingizdagi harakatlarni kuzatish sozlamalarini boshqarish va siz ularni boshqarishingizni taqiqlash.
- Telefon yoki planshetingizdagi ilovalar uchun ruxsatlarni o‘zgartirish (masalan, mikrofon, kamera yoki kontaktlarga kirish ruxsati).
- Hisobingiz ma’lumotlariga (ismingiz, jinsingiz yoki tavallud kuningiz) kirish, o‘zgartirish yoki o‘chirish.
- Google Play kabi ayrim Google ilovalari va saytlari ichidan xaridlaringiz va yuklanmalaringizni tasdiqlash.
Google kompaniyasi maʼlumotlarimni qanday va nima maqsadda ishlatadi?
Aksariyat veb-sayt va ilovalar kabi Google ham shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plab boradi. Bularga siz yoki ota-onangiz taqdim etgan ismingiz va tavallud kuningiz kabi axborotlar kiradi. Google ilovalari va saytlaridan foydalanganingizda ham harakatlaringizga oid axborotlar to‘planib boriladi. Bu axborotlarning xavfsizligini to‘liq ta’minlash uchun barcha choralar ko‘riladi. Ulardan Google mahsulotlari va xizmatlarini siz uchun yanada yaxshilash maqsadida foydalaniladi. Axborotlar quyidagi maqsadlarda to‘planadi:
- Google ilovalari va saytlar unumdorligini oshirish. Masalan, Google Qidiruv orqali “sport” so‘zi qidirilsa, foydalanuvchi axborotlari asosida unga sport mavzusidagi kontent namoyish etiladi.
- Google ilovalari va saytlarini yaxshilash. Nosozlik aniqlanganda, uni tuzatish uchun taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi.
- Google kompaniyasi, Google foydalanuvchilari va boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash. Foydalanuvchi axborotlaridan firibgarlikni aniqlash yoki oldini olish maqsadida internet foydalanuvchilari xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
- Yangi ilovalar va saytlar yaratish. Yangi mahsulot va xizmatlar yaratish uchun foydalanuvchilarning Google ilovalari va saytlaridan foydalanish tajribalari o‘rganiladi.
- Kontentni moslash. Foydalanuvchi qiziqishlari asosida unga mos kontent namoyish etiladi. Masalan, YouTube Kids xizmatida hayvonlar haqidagi videolarni tomosha qilib borsangiz, sizga shu mavzuda yana videolar taklif etiladi.
- Reklamalar namoyish etish. Siz kuzatib boradigan saytlarga asoslanib, sizga mos kontent taklif etiladi.
- Muloqot qilish. Masalan, xavfsizlikka oid muammo aniqlansa, foydalanuvchi email manziliga shu haqda xabar yuboriladi. Sizga notanish foydalanuvchidan email kelsa, uni ochishdan oldin ota-onangiz bilan maslahatlashing.
Google qaysi maʼlumotlarimni to‘plashini boshqara olamanmi?
Internetdagi ayrim faoliyatingizga oid axborotlar to‘planishini cheklash uchun tegishli sozlamalarni faolsizlantirishingiz mumkin. Masalan, YouTube tarixi Google hisobingizga saqlanmasligi uchun tegishli sozlamani faolsizlantiring. Harakatlarni kuzatish kabi maxfiylik sozlamalariga o‘zgartirish kiritsangiz, ota-onangiz shu haqda darhol xabardor qilinadi. Ota-onangiz ayrim sozlamalarni o‘zgartirishga yordam berishi mumkin.
Shaxsiy va Google hisobingizga oid ayrim axborotlarni istalgan vaqtda ota-onangiz bilan birga tekshirib chiqishingiz va o‘zgartirishingiz mumkin.
Google kompaniyasi shaxsiy maʼlumotlarimni begonalarga ulashishi mumkinmi?
Google kompaniyasi ismingiz va email manzilingiz kabi shaxsiy axborotlaringizni faqat muayyan sabablarga ko‘ra begonalarga uzatishi mumkin. Shaxsiy axborotlaringizni uzatishda Google ularning xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi.
Shaxsiy axborotlaringiz kimga yoki nima maqsadda uzatiladi:
- Ota-onangiz yoki Google oilaviy guruhingiz a’zolariga
- Google hamkorlik qiladigan kompaniyalarga
- Ota-onangiz ruxsati asosida
- Qonun talablarini bajarish maqsadida
Internetga ulashgan kontentimni kim ko‘ra oladi?
Email yoki surat kabi kontent internetga joylansa, uni ko‘plab odamlar ko‘rishi mumkinligini unutmang. Biror kontent internetga joylansa, uni butunlay olib tashlash imkonsiz. Shu sababli, har qanday shaxsiy kontentni faqat ishonchli shaxslarga ulashishingiz mumkin. Bu haqda yordam olish uchun ota-onangiz yoki oilangiz a’zosiga murojaat qiling.
Batafsil bilishni istaysizmi? Ota-onangizdan Google maxfiylik siyosati shartlarini sizga tushuntirib berishini so‘rang.
Google xizmatlaridagi maxfiyligingiz haqida bilib olmoqchimisiz?
Google ilovalari va saytlaridan foydalanilganda, Google foydalanuvchining qaysi axborotlarini to‘plashi va undan nima maqsadda foydalanishi haqida shu yerdan bilib olish mumkin. Bundan tashqari, ota-onangiz Google hisobingiz va qurilmangizni boshqarishingizda qanday yordam bera olishi haqida ma’lumot olasiz.
Bu axborot shaxsiy hisobni boshqarish uchun talab etilgan yoshdan kichik bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning Family Link orqali boshqariladigan Google hisoblariga tegishlidir. Batafsil axborot olish uchun Maxfiylik eslatmasi va Maxfiylik siyosati sahifalariga tashrif buyuring.
Ota-onam hisobimni boshqarishda yordam bera oladimi?
Ota-onangiz hisobingiz imkoniyatlarini boshqarish uchun Family Link ilovasidan foydalanishi mumkin. Qurilmangiz rusumiga ko‘ra, ota-onangiz quyidagi amallarni bajara oladi:
- Hisobingizga kirish, uni o‘chirish yoki parolini o‘zgartirish.
- Qurilmangizdan qaysi payt va qancha vaqt foydalana olishingizni belgilash.
- Faol va tizimga kirilgan qurilmalaringiz joylashuvini aniqlash.
- Ilovalaringizni boshqarish va ularga qancha vaqt sarflayotganingizni kuzatish.
- Google Qidiruv, YouTube yoki Google Play kabi ayrim Google ilovalari va saytlaridagi kontent sozlamalarini o‘zgartirish. Bunda, sizga namoyish etiladigan kontent filtrlanadi.
- YouTube tarixi kabi hisobingizdagi harakatlarni kuzatish sozlamalarini boshqarish va siz ularni boshqarishingizni taqiqlash.
- Qurilmangizdagi ilovalar uchun ruxsatlarni o‘zgartirish (masalan, mikrofon, kamera yoki kontaktlarga kirish ruxsati).
- Hisobingiz ma’lumotlariga (ismingiz, jinsingiz yoki tavallud kuningiz) kirish, o‘zgartirish yoki o‘chirish.
- Google Play kabi ayrim Google ilovalari va saytlari ichidan xaridlaringiz va yuklanmalaringizni tasdiqlash.
Google kompaniyasi maʼlumotlarimni qanday va nima maqsadda ishlatadi?
Aksariyat veb-sayt va ilovalar kabi Google ham shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plab boradi. Bularga siz yoki ota-onangiz taqdim etgan ismingiz va tavallud kuningiz kabi axborotlar kiradi. Google ilovalari va saytlaridan foydalanganingizda ham harakatlaringizga oid axborotlar to‘planib boriladi. Bu axborotlarning xavfsizligini to‘liq ta’minlash uchun barcha choralar ko‘riladi. Ulardan Google mahsulotlari va xizmatlarini siz uchun yanada yaxshilash maqsadida foydalaniladi. Axborotlar quyidagi maqsadlarda to‘planadi:
- Google kompaniyasi, Google foydalanuvchilari va boshqa shaxslarning xavfsizligini ta’minlash. Foydalanuvchi axborotlaridan firibgarlikni aniqlash yoki oldini olish maqsadida internet foydalanuvchilari xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
- Xizmatlarni yetkazish. Google foydalanuvchi axborotlaridan unga xizmatlarini yetkazish uchun foydalanadi. Masalan, qidiruvni amalga oshirishda foydalanuvchi kiritgan kalit so‘zlar asosida unga mos natijalarni chiqarib beradi.
- Google xizmatlarini yaxshilash va qo‘llab-quvvatlash. Google xizmatlari tegishli ravishda ishlamay qolsa, undagi nosozlikni aniqlash uchun foydalanuvchi axborotlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, qaysi qidiruv iboralari odatda imloviy xato bilan yozilishini aniqlash Google xizmatlaridagi imlo tekshiruvi funksiyalarini yaxshilash imkonini beradi.
- Yangi xizmatlarni yaratish. Google foydalanuvchi axborotlariga asoslanib, yangi xizmatlar yaratadi. Masalan, foydalanuvchilar shaxsiy suratlarini Picasa ilovasida (Googlening ilk suratlar ilovasi) qaysi tartibda saralab borganiga oid axborot Google Photos xizmatini yaratish imkonini berdi.
- Kontentni moslash. Bunda, sizga mos narsalar namoyish etiladi. Masalan, YouTube xizmatida sportga oid videolarni tomosha qilib borsangiz, sizga bu mavzuda yanada ko‘proq videolar taklif etiladi.
- Reklamalar namoyish etish. Sizga siz kirgan sayt, kiritgan qidiruv so‘zi yoki mamlakatingiz va shahringizga oid axborot asosida reklamalar namoyish etiladi.
- Unumdorlikni hisoblash. Xizmatlar unumdorligini hisoblash va foydalanuvchilar ulardan qanday foydalanishi haqidagi axborotni tahlil qilishda foydalanuvchi axborotidan foydalaniladi.
- Muloqot qilish. Masalan, shubhali harakat aniqlansa, foydalanuvchi email manziliga shu haqda xabar yuboriladi.
Google qaysi maʼlumotlarimni to‘plashini qanday belgilay olaman?
Muayyan axborotlaringiz to‘planishi va ishlatilishini cheklash uchun tegishli sozlamalarni yoqishingiz mumkin. Masalan, YouTube tarixi Google hisobingizga saqlanmasligi uchun tegishli sozlamani faolsizlantiring. Harakatlarni kuzatish sozlamalariga o‘zgartirish kiritsangiz, ota-onangiz shu haqda darhol xabardor qilinadi. Maxfiylik sozlamalari haqida batafsil
Shaxsiy va Google hisobingizga oid ayrim axborotlarni istalgan vaqtda ota-onangiz bilan birga tekshirib chiqishingiz va o‘zgartirishingiz mumkin.
Google kompaniyasi shaxsiy maʼlumotlarimni begonalarga ulashishi mumkinmi?
Google foydalanuvchi shaxsiy axborotini faqat qonun talabiga muvofiq begonalarga uzatishi mumkin, xolos. Shaxsiy axborotlaringizni uzatishda, Google ularning xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi.
Shaxsiy axborotingiz quyidagi shaxslarga va maqsadlarda uzatilishi mumkin:
- Ota-onangiz yoki Google oilaviy guruhingiz a’zolari.
- Siz yoki ota-onangiz bunga ruxsat bersa yoki qonun talabini bajarish maqsadida. Foydalanuvchi shaxsiy axboroti faqat quyidagi holatlarda begonalarga uzatilishi mumkin:
- Qonun, tartib-qoidalar va sud qarori talablari yoki davlat tashkilotining so‘rov asosidagi majburiy talablarini bajarish.
- Amaldagi Xizmat shartlarining bajarilishini ta’minlash va bajarish vaqtida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni tekshirish.
- Firibgarlik, xavfsizlik yoki texnik muammolarni aniqlash, oldini olish yoki ularga nisbatan boshqa choralarni ko‘rish.
- Qonun talablariga muvofiq Google kompaniyasi va Google yoki boshqa foydalanuvchilar haq-huquqlariga, mulklariga yoki xavfsizligiga zarar yetkazishdan himoya qilish.
- Axborotga tashqaridan ishlov berish. Google foydalanuvchi shaxsiy axborotini o‘zining ko‘rsatmalari asosida o‘z filiallari va ishonchli hamkorlariga qayta ishlash uchun ulashadi. Masalan, tashqi kompaniyalar xizmatlaridan Google mijozlariga yordam berish uchun foydalaniladi. Bunda, foydalanuvchi savollariga javob berish uchun foydalanuvchi shaxsiy axborotlari hamkor kompaniyalarga uzatiladi.
Men ulashgan surat, email va hujjatlarni yana kim ko‘ra olishi mumkin?
Siz muayyan kontentni Google ilovalari va saytlari orqali boshqalarga ulashishingiz mumkin.
Boshqa foydalanuvchilar siz ulashgan har qanday kontentni Googledan tashqaridagi ilovalar va saytlarga qayta ulashishi mumkinligini unutmang.
Bunday kontentni istalgan vaqtda hisobingizdan o‘chirish imkoni bo‘lsa-da, boshqalarga ulashgan nusxsalarini o‘chira olmaysiz.
Foydalanuvchilarga qaysi kontentni ulashayotganingiz haqida e’tiborli bo‘ling va faqat ishonchli shaxslarga kontent ulashing.
Bu mavzu haqida batafsil axborot olish uchun istalgan vaqtda Maxfiylik siyosati sahifasiga tashrif buyurishingiz mumkin.